Samarqand

Samarqand

Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.

Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi «Avesto» ning muqaddas she’rlarida maqtalgan edi. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nomini Marokand shaklida aytib o’tganlar, o’rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi. Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma fikr eramizdan avvalgi 329 yilga oid, u paytda Iskandar Zulqarnayn boshchiligidagi yunon-makedon lashkarlari uni ishg’ol qilgan. Eramizning birinchi asrlarida shahar qudratli Kangyuy davlati hukmronligiga tushib qolgan edi.

VI—VII asrlarda Samarqandda turk hoqonligi bilan yaqin aloqada harakat qilgan ishxiy hukmdorlari taxtga chiqqan. VII asr oxirida – VIII asr boshida arab istilochilariing lashkarlari paydo bo’ldi.

1220 yil bahorida shaharni Chingisxonning qo’shinlari qo’lga olib, uning qadimgi zaminigacha buzib tashlaganlar. XIV asr — XV asrning o’rtalarida Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining yangi beqiyos yuksalishi yuz beradi. Aynan shu davrda Temur tomonidan yaratilgan, Volgadan Gang daryosigacha, Tyan-Shan tizmasidan Bosforgacha yastanib yotgan ulkan davlatning poytaxti sifatida Samarqand jahonda mashhur bo’ladi. Amir Temur poytaxti Samarqandni go’zal shaharga aylantirishni orzu qilar edi.

Hindiston, Afg’oniston, Eron, Suriya, Kavkaz orti davlatlari, Turkiyaga qilgan har bir harbiy yurishdan u Samarqandga eng mohir me’morlar, zargarlar va allomalarni olib kelar edi. O’z davlati ichida Temur yaratuvchi ijodkor edi. U rassomlar va shoiralr, mutafakkir va olimlarni saxiylar bilan qo’llab-quvvatlar edi. Bu fe’l-atvor keyinchalik uning nevarasi – Mirzo Ulug’bekka ham o’tadi, uning besh asr avval yaratilgan yulduzlar katalogi va xaritasi butun dunyoni hozir ham hayratda qoldiradi.

Aynan Temuriylarnig hukmronligi davrida Samarqand o’zinnig eng yuksak kamolotiga yetgan edi.

Evropa davlatlarining hukmdorlari bu shaharni ziyorat qilishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar.

Samarqand — afsonaviy shahar. Bu yerda har bir tosh, jarlik yoki suv havzasi - o’tmishdan so’ylovchi tirik bir ertak, shaharning har bir dahasi (guzari yoki mahallasi) o’z afsonalarini go’yoki shajarasi kabi saqlab keladi. Ba’zan har bir samarqandlikning qalbiga aziz bo’lgan biror bir tarixiy voqea yoki joy xam afsonalarga ko’miladi.

Zamonaviy Samarqand - holisining soni va hududining kattaligi, sanoat ahamiyatiga ko’ra O’zbekistonning Toshkentdan keyingi ikkinchi o’rinda turuvchi shahri bo’lib, jahon turizmining markazidir. U Zarafshon daryosining o’rta oqimi chap qirg’og’ining adirli qismida joylashgan.

Tabiatning o’zi Samarqandga go’zal iqlim va toza suv in’om etgan – u o’zbek zaminining jannatmakon yerida qad ko’targan. Samarqandning iqlimi kontinental-subtropik iqlim. Bulutsiz kunlarning soni yiliga 155 ta, quyosh charaqlagan soatlar yig’indisi 2916, yilning o’rtacha harorati +13,4, yanvar oyi – 0, iyul oyi +26. Absolyut minimum –27, absolyut maksimum +45. Aholisi 364,3 ming kishi.

Shaharning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi, Dargom, Siyob, Shaudar ariqlaridir.

Aloqada bo'ling

г. Ургенч, ул. Хонка, д.19-А, 4, 220100, Хорезм,

+998 (97) 363 37 77

+998 (94) 315 75 79

+998 (94) 315 75 79

+998 (94) 315 75 79

xorazmtour@gmail.com

Мы отвечаем в течение 24 часов

Yangiliklar

2019-12-17 Yangilik
2019-12-17 Yangilik
2019-12-17 Yangilik